ABDULLOH IBN MUBORAK MARVAZIY ZIYORATGOHI (Muborak tumani)

ABDULLOH IBN MUBORAK MARVAZIY ZIYORATGOHI (Muborak tumani)

Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Xo‘ja Muborak qishlog‘ida islom ilmi bilimdonlaridan biri Abdulloh ibn Muborak Marvaziyning ziyoratgohi joylashgan [1]. Islom madaniyati va tamadduniga katta hissa qo‘shgan sufiy, muhaddis, hadis va fiqhda zamonasining yetuk olimi, lug‘atshunos, shoir, tarixchi, qomusiy olim, buyuk imom maqomiga erishgan alloma Abu Abdurahmon Abdulloh ibn Muborak Xanzaliy al-Marvaziy 736 (hijriy 118) yili Turkmanistonning qadimiy shaharlaridan biri Marvda tug‘ilgan [2:192]. Xorazm turkiylaridan Muborak ibn Vozihning o‘g‘li bo‘lgan. U butun umrini haj, ilm va ibodat, islom ilmlarini o‘rganishga bag‘ishlagan. Ko‘p mamlakatlarga sayohat qilgan. Sayohatlarida    Abu Xanifa bilan ko‘rishgan va uning eng mumtoz shogirdlari qatoridan o‘rin olgan (3:14].

Abdulloh ibn Muborak Marvaziyning shogirdlari juda ko‘p bo‘lgan, chunki undan juda ko‘p olimlar hadis rivoyat qilganlar. U hadislarni to‘plab, “Amir ul-mo‘minin” unvoniga sazovor bo‘lgan. Hatto, Sufyon  as-Savriy va boshqa buyuk allomalar, o‘zi ilm olgan ustozlarini ham kiritish mumkin. Al Abbos ibn Mus’ab o‘z tarix kitobida Ibrohim ibn Is’hoq orqali al-Muborakdan quyidagicha rivoyat qiladi: u (Ibn al Muborak) “Emishki men to‘rt ming olimdan o‘rganib (olib) ularning mingtasidan hadislar rivoyat qilganman” [4:37] deb aytgan ekan.

Alloma sufiylik, fiqh, hadisshunoslik, tarix, grammatika va tafsirga oid asarlar yozgan. 20 ming hadisni o‘z ichiga olgan 20 asarini Abu Xanifaning fiqhiga ko‘ra tartib etgan. Ilk daf’a Arba’in  (qirq hadis) yozgan. Imom Buxoriyning otasi – Ismoil Abdulloh ibn Marvaziyning shogirdlaridan bo‘lgan [3:14]. Olimning omon qolgan qo‘lyozma asarlaridan ayrimlari Suriya poytaxti Damashq shahridagi Zohiriya kutubxonasida va Sharqning boshqa mamlakatlari kutubxonalarida saqlanadi. Jumladan, “Kitob al-Arba-iyn Hadiysan” (“Qirq Hadis kitobi”), “Kitob al-Istiyzon” (“Izn so‘rash haqida kitob”), “Kitob al-birr va sila” (Yaxshilik va mehribonlik haqidagi kitob), “Kitob at-tarix” (Tarix kitobi), “Kitobu Tafsir ul-Qur’on” (“Quron tafsiri”), “Kitob al musnad” (“Musnad kitobi”), “Kitob riqa’ al-fatova” (“Fatvolar majmuasi kitobi”) kabi 10 dan ortiq ilmiy asarlarini aytish mumkin [5:11-12]. Ibn al-Muborak go‘zal nafis she’rlar, nozik nazmiy asarlar yaratgan fosohatli shoir bo‘lgan. Hatto, Ibn Jurayj (757 yilda vafot etgan) u haqida “Men undan ko‘ra fasih bo‘lgan birorta shoirni ko‘rmadim” [4:65] degan. Alisher Navoiy ham o‘zining “Nasoyim ul-muhabbat” asarida Alloh Abdulloh ibn Muborak Marvaziyga g‘aybiy qobilyat berganini keltirib o‘tadi [6:35-36].

Abdulloh ibn Muborak Marvaziy 797 (hijriy 181 yilda 63 yoshida Iroqda Frot daryosi bo‘yida joylashgan Hiyt degan shaharchada vafot etgan va o‘sha joyda dafn etilgan [4:8]. Muborak tumanida olimning ramziy qabri mavjudligi bu hududning islom olamida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Mazkur ziyortagohning paydo bo‘lishi Amir Temur nomi bilan bog‘lanadi. Ya’nikim, Amir Temur Muborak Marvaziyga bo‘lgan hurmatidan Iroqning olis Hiyt shaharchasida dafn etilgan qabri hokidan keltirib, Muborak shahri yaqinida unga ramziy maqbara bunyod ettirgan [4:5]. Turli davrlarda allomaning hayotidan xabardor bo‘lgan mahalliy aholi tomonidan maqbara atrofida umumiy ta’mirlash ishlari olib borilgan.

1990 yillar boshlarida bu ziyoratgoh Muborak qishlog‘ida yashovchi Ibrohimxon Sharifxon o‘g‘li tomonidan ta’mirlangan. Keyinchalik esa  “Muborakneftgaz” unitar sho‘ba boshqarmasi, “Muborakneftgaz”ni qayta ishlash zavodi rahbariyati tomonidan qaytadan ta’mirlangan [1]. Ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu yerga mahalliy aholi bilan birga respublikamizning turli viloyatlaridan ziyoratchilar tashrif buyurishadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

Dala tadqiqotlari. Qashqadaryo viloyati Muborak tumani, 2024 yil 26 may.

Fariduddin Attor. Tazkirat ul-avliyo. Nashrga tayyorlovchi va so‘z boshi muallifi A.Madrimov. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2017.

Islom ensiklopediyasi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashryoti, 2017.

Usmon Jamol M. Buyuk donishmand. – Samarqand: Imom Buxoriy Xalqaro Markazi, 2009.

Nosir Muhammad. Nasaf va Kesh allomalari. (IX-XX asrlar): Taskira. – Toshkent, 2006.

Navoiy A. Nasoyim ul-muhabbat. – Toshkent: O‘zbekiston, 2018. – B. 35-36.