YETTI TUG‘ OTA ZIYORATGOHI (Qarshi tumani)

YETTI TUG‘ OTA ZIYORATGOHI (Qarshi tumani)

Qashqadaryo viloyati Markazi Qarshi shahridan 15 kilometr janubiy-g‘arbda Patron qishlog‘ida qadimiy yodgorliklardan biri “Yetti tug‘ ota” ziyoratgohi joylashgan [1]. U yerda Hazrat Alining Hasan va Husayn o‘g‘illari shajarasiga tutashadigan, keyingi asrlarda “Yetti tug‘ ota” nomi bilan mashhur bo‘lgan, avliyo Mirsayyid Fathulloh va uning avlodlari, sayyidzodalar nomi bilan ataluvchi qabrlar mavjud [2:11-25]. Jumladan, “Yetti tug‘ ota” majmuasida yettita sayyidlar avlodi dafn etilgan bo‘lib, fors-tojik tilida so‘zlashadigan ulug‘lar kelgandan keyin bu qishloq Patron, Podaron, ya’ni “Padarlar otalar qishlog‘i”, deb ham atalgan [3:158]. Yetti tug‘ ota avlodlaridan bo‘lgan Fazli Hisor, Qunduz, Ko‘lob kabi joylarda yashagan. Bu avlodlar ham tojik tilida gaplashgan. Ular ajdodlari bo‘lgan Yetti tug‘ otalar qabrini ziyorat qilish uchun kelib turishgan.

Tarixchi olim Ruhiddin Akbarov o‘zining “Yetti tug‘ ota shajarasi” nomli kitobida keltirishicha, “Yetti tug‘ ota” (“Mir Sayyid Fathulloh”) Sayyid Burhoniddin Qilichga 11-bo‘g‘inda tutashsa, Mahdumi A’zam u zotga 6-bo‘g‘inda borib tutashadi. Bu ikki zot Mahdumi A’zam va Yetti tug‘ ota  Shayx Sayyid Burhoniddin Qilichning avlodlaridan. Shajaraga ko‘ra, Xoja Islomi Jo‘ybori, Boborahim Mashrabning ustozi Hidoyatullo Ofoqxo‘ja, Lutfullo Chustiy, Sayyidi Ahmadi Kosoniy, Alixonto‘ra Sog‘uniylar Hazrati Mahdumi A’zam (asl nomi Sayyid Ahmadxoja Kosoniy) ning shogirdlari va farzandlari bo‘lganliklari  va Hazrati Mahdumi A’zam esa Yetti tug‘ ota (Mir Sayyid Fathulloh)ning amaki jamoatlaridan ekanliklari aniqlandi. Hazrati Mahdumi A’zam o‘zlari yaxshi ko‘rgan nok daraxtining ostida ko‘milgan ekanlar. Mahdumi A’zam Samarqanddagi Sherdor madrasasini qurgan Yalangtush Bahodirning piri hisoblanadi. Samarqand hokimlaridan bo‘lgan Yalangtush Bahodir vasiyatida “Meni pirim Hazrati Xoja Hoshimi Dahbediyning oyoq tomonlariga ko‘mingiz; pirimni ziyoratiga keluvchilar meni qabrimni bosib o‘tishsinkim, men pirimga yarashgulik unchalik ish qilolmadim” – deydi [4:50-51]. Demak, Mahdumi A’zam va Yetti tug‘ ota (Mir Sayyid Fathulloh) bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.

Patron qishlog‘ida ular yotgan xonaqohning vujudga kelishi to‘g‘risida Yetti tug‘ shajarasida shunday yoziladi: “Mir Sayyid Fathulloh hazrati Porso valining Fayzul-anvar nomlik mozorlariga kelib, shu qishloqda istiqomat qilib qoldilar va ul zotga nasibangiz Nasafda degan buyruq bo‘ldi. Buzrukvor tog‘alari amri, aziz arvohlar bashorati bilan uning (“Yetti tug‘ ota”) Nasafga tobe Ko‘hna bog‘ mavzesiga borishi ma’lum qilindi. (“Ko‘hna bog‘”) alhol (hozirda) Patron nomi bilan ma’lum va mashhur qishloqdir. Ul janob bu yerga kelib, xonaqoh bino qildilar va shu yerda istiqomat qilishni ixtiyor etdilar. Alhol (ayni chog‘da) ul janob xonaqoh (masjid) ning sharqiy tomonida dafn qilinganlar [5:91]. Yetti tug‘ ota qabristoni atrofida tojik tilida gaplashadigan urug‘lar yashab kelgan. Xonaqoh tarkibida masjid ham bo‘lgan. Yetti tug‘ otalar Ko‘hna bog‘ (Patron) qishlog‘iga kelgandan keyin xonaqoh-masjid qurdirganlar.

Arxeolog olim Yu.L.Mankovskaya o‘zining “Qashqadaryo vohasining arxitektura yodgorliklari” kitobida Qashqadaryo vohasidagi X-XVI asrlarda shakllangan monumental yakka gumbazli masjidlar haqida ma’lumotlar keltirar ekan, Patron qishlog‘idagi Yetti tug‘ otalar qurdirgan masjidni shunday tasvirlaydi: “Usmon Yusupov rayonining Jaynov qishlog‘idagi chor gumbazli guvala masjid – Ayvonni qariyb qadimiy va yakka ustunli ommaviy binolar sirasiga kiritish mumkin; bu obida Kuchkak qishlog‘idagi masjiddan hiyla chog‘roq bo‘lib, xuddi u joydagi Chorgumbaz yoki Qarshi rayonining Potron qishlog‘idagi Halfa eshon masjidlariga o‘xshab ketadi. Yodgorlik o‘rta asrlarda rivoj topgan (lekin XV-XVI asrlardan avvalgi emas, albatta). Xuddi shunday bino shakli Qarshi rayonining Qahlak qishlog‘idagi Chorgumbaz eng yirik masjid, Kosondagi Qo‘rg‘on masjidida ham takrorlanadi. Ular to‘rtburchak pishiq g‘ishtdan qurilgan, gumbazi qalqonsimon  qanoslarga o‘rnatilgan” [6:92-93].

Masjid ichi 10x10 metrni tashkil qiladi. ustida 4x4 metrli to‘rtgumbaz bo‘lib, ular masjidning ichki o‘rtasidagi aylanasi 6 metr bo‘lgan asos “guldasta” ga suyanadi. Masjidlarni bunday usulda qurish XVI-XVII asr, ya’ni xonliklar davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda qurilgan masjidlarda yog‘och ishlatilmagan, keyinroq XІX-XX asrlarda qurilgan masjidlarda yog‘och ishlatilganligi kuzatiladi. Masjid shunday bino qilinganki, yozning issig‘ida salqin, qishning sovuq kunlarida esa issiq bo‘lib, o‘zini uzoq yillar tutib tura oladi [5:93]. Ushbu tarixiy masjid XVI-XVII asrning o‘ziga xos noyob yodgorligidir.

Masjid eski bo‘lib, mahalliy fuqarolarning aytishicha har yili ta’mirlangan. Qadimda masjid atrofida binolar va quduq bo‘lgan, sayillar o‘tkazilgan. Uning oldida uzun mezana bo‘lib, keyinchalik qarovsizligi tufayli buzilib ketgan. Atrofida tut daraxtlari ko‘p bo‘lgan. Mustaqillik yillarida mahalliy aholi tomonidan masjid yonida qo‘shimcha binolar, ayvon, maqbara hovlisiga kirish darvozasi, azon aytiladigan mezana qurildi. 1998 yilda masjid davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Qarshi tuman hokimining qarori bilan bu tarixiy joyni obodonlashtirish uchun yer ajratiladi. Hozirgi kunda Yetti tug‘ ota maqbarasi o‘zlari qurdirgan masjid obod qilingan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

Dala tadqiqotlari. Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Patron qishlog‘i, 2024 yil 27 may.

Ravshanov P., O‘roqov R. Ajdodlarimiz qadri. – Toshkent: Sharq, 1999.

Akbarov R. Qarshi tuman tarixi. – Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2016.

Akbarov R., Shamsiddinov N. Yetti tug‘ ota shajarasi. – Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa birlashmasi, 2015.

Akbarov R. Patron qishlog‘i tarixi. Qarshi: Nasaf nashriyoti, 2013.

Mankovskaya L.Yu. Qashqadaryo vohasining arxitektura yodgorliklari (Yo‘l ko‘rsatkich). – Toshkent: O‘zbekiston, 1979.