LANGAR OTA ZIYORATGOHI (Qamashi tumani)

LANGAR OTA ZIYORATGOHI  (Qamashi tumani)

O‘zMU professori v.b., t.f.d. (DSc)

Hamidova M.S.

Qamashi tumani Katta Langar qishlog‘i, Ko‘kbuloq tog‘ining (Doqqi tog‘i) old qismida joylashgan [1]. T.Nafasov “Langar” so‘zining qadimdan ibodatxona, karvonsaroy, xonaqoh, g‘arib va miskinlarga ovqat ulashadigan g‘aribxona, qabr, go‘rxona, yo‘ldagi bekat, yemxona tushunchalarini ham o‘zida jamlashini ta’kidlagan [2:7]. Odatda mashhur shayxlar, so‘fiylar qo‘nim topgan joy “Langar” deyilgan. “Langar ota” nomi bilan ataluvchi me’morial yodgorlik qadimda “Kesh” viloyatida katta e’tiborga ega bo‘lgan shayxlar avlodiga tegishlidir.  Shayxlar Langarda faqiru fuqarolarga vaqf mulklari hisobidan oziq-ovqat tarqatgan bo‘lishi mumkin. M.Massonning qayd etishicha, XIX asrning 70-yillarida Buxoro xonligiga tegishli Kitob va Shahrisabz bekliklarida − bu o‘lkada 3 ta langar bo‘lgan. Kitobdagi eski Langar, Shahrisabz Yakkabog‘dagi Langar va Qamashidagi Katta Langar nomlarini aytib o‘tadi [3:66-67].

Qamashi tumani Katta Langar qishlog‘idagi Langar ota maqbarasi (XVI-XVII asrlar) Kesh viloyatida katta e’tiborga ega bo‘lgan shayxlar avlodiga tegishli bo‘lib, beshta qabr sag‘analarini o‘z ichiga olgan [4:66-105].  Asosiy joy uch shayx uchun ajratilgan, o‘rtadagi qabr shayxlar shayxi Abdul Hasan ibn Ilyos (1491-1492 yillar vafot etgan)ga tegishlidir. Shayx qabrining kun chiqar tomonida o‘g‘li shayx-Muhammad Sodiq ibn Abdul Hasan (1545 yilda vafot etgan), qibla tomonida nabirasi Shayx-Abdul Husayn ibn Muhammad Sodiq (1560 yilda vafot etgan) yotibdi [5:72]. Shayx Muhammad Sodiq qabrining janub tomonida Amirbek Sodiq ibn Bahodir (hijriy 914 yil robbiul avval oyida vafot etgan)ning qabri joylashgan [6].  U yerdagi beshinchi qabr Shayboniylar xonadoniga mansub bo‘lgan, Shayx Muhammad Sodiqqa uzatilgan. Xos xalifalarining dahmasi (bu yerga aftidan keyinroq kiritilgan) bo‘lsa kerak [7:72]. Katta Langar maqbarasning tashqi tomonida bir nechta noyob qabrtoshlar saqlangan bo‘lib, ularning biri Marhuma Shayx Muhammad Sodiqning o‘g‘li Muhammad Saidning qizi Mohbibi (hijriy 980 yili olamdan o‘tganlar, milodiy 1564-1566 yillar) qabridir [8:78].

Shayx Abdul Hasan XV asrda yashagan, piri Murshid bo‘lgan. U Irshod xati olgandan so‘ng pirlari ruhsati bilan Samarqanddan Keshga jo‘naydi. Shayx mingan tuyaning so‘nggi cho‘kishi Langar qishlog‘iga to‘g‘ri kelgan [9:75-76].

Shayx Abulhasan maqbarasi masjiddan bir soy beridagi tepalikda joylashgan. Atrofi qabriston, tobutxonadan 100 metrcha yurilgach, xilxonaga boriladi. Bu yodgorlik masjiddan taxminan 100 yil keyin qurilgan bo‘lib, me’morchilik uslubi Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasinikiga o‘xshashdir. Devori va gumbazi pishiq g‘ishtdan tiklangan, eshiklari, darichalari nafis, jimjimador naqshlar bilan bezatilgan. Maqbaraning ichida beshta qabr bo‘lib, ulardan uchtasi o‘z o‘lchami va yodgorlik toshlari bilan ajralib turadi. Kiraverishdagi alohida qabrga shayxlar xonadoniga mansub bo‘lmasa-da, ijtimoiy mavqei bilan yuqori lavozimlardan birini egallagan Amirbek Sodiq ibn Bahodir dafn etilgan. Qadimshunos olim Abdusobir Rayimqulovning ta’kidlashicha, Langar ota maqbarasiga tasavvuf ta’limotining ishqiya tariqati shayxlari Abulhasan Ishqiy, uning o‘g‘li shayxzoda Muhammad Sodiq va nabirasi Abulhasan Oxund dafn etilgan. To‘rtinchi qabrda esa lavha yo‘q, shu bois u kimniki ekanligi ma’lum emas. Tadqiqotchilar bu yerga Amir Temurning o‘n to‘rt yashar zaifa nabirasi dafn etilgan deb taxmin qilinadi. Ammo ilgari bu maskanda imom bo‘lib ishlagan mulla Jabbor Abdulaziz boshqacha fikrda. U bundan 13 yil avval Afg‘onistondan ziyoratga kelgan bir ayol bu qabrga Shayx Abulhusaynning qizi qo‘yilgan deganini o‘z fikriga asos qilib ko‘rsatdi. Bu fikr haqiqatga yaqin deb aytish mumkin. Chunki Afg‘onistonning Qandahor shahrida bu yerda abadiy qo‘nim topgan shayxlarning bobosi Shayx Xudoyqulining qabri bor. Afg‘onistonliklar ularning avlodlari haqida bizdan ko‘ra ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishsa ajabmas. Shunday bo‘lsa-da, bu masala hali to‘lig‘icha yechimini topgan emas [10].

Bu makondagi shayxlar Navoiy ta’kidlagan “Ulug‘ shayx” – Xudoyquli shayx nasl nasabiga borib taqaladi. Xudoyquli shayx Abdul Hasan Ishqiya (sirlari muqaddas bo‘lsin) naslidan “Muzakkiri ahbob” kitobining muallifi “Shayx Muhammad Sodiq bilan Abdul Hasan Shayx bin Ilyos Shayx Muhammad Shayx bin Xudoyquli Shayx Ishqiyaning naslidandir”, deb yozadi. Bu shayxlar nisbati ta’rifi Hazrat Sulton-Orifin Boyazid Bostoniyga borib taqaladi. Va Shayx Muhammad Solih zuhdda zamon yagonasi edi, yorqin shariat tarixi va oydin millat yo‘lidan tashqariga qadam bosmasdi. Langar otadagi masjidni ham shayx Abdul Hasan bilan Ilyos qurdirganligi haqida rivoyatlar bor [11:24]. Uning shimoliy tomonida barpo qilingan masjid mavjuddir [12:79].

Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma” kitobida: Ammo Mulla Tanish Buxoriy so‘zi bilan Shayx Xudaydod degan, Aziz, ya’ni Xudoyberdi, Xudoyquli ham derlar, Qipchoqni musulmon qilib erdilar. Ammo xon hanuz kofir erdi, kofir bo‘lsa ham shayx Xudoyquliga muxlis erdi. Tuqtumirxon qoshiga borib aytdilar: “Mani pirimdan eshitib erdim, Mirijaxon vujudga kelur, ani Hadid derlar, ya’ni otam Temur bo‘lur, yer yuzin va kun ko‘zin olur. Sani oting Temurdir” deb xonga, koshur kusholigini, ya’ni yetti iqlimni fath qilmoqni dalolat qildilar [13:94]. Bundan ko‘rinib turibdiki shayx Xudoyquli Oltin O‘rdada islom dinini yoyishda xizmati katta bo‘lgan. Tuylu Temur hozirgi ko‘xna Urganch shahrida yashab, Xorazmning Oltin O‘rdaga qaram qismini boshqargan, unga pirlik qilgan shayx Xudoyquli ham ko‘xna Urganchda bir necha muddat yashagan. Ayrim olimlar Shayx Xudoyqulini Xorazmlik deb hisoblaydilar. Sohibqiron Amir Temur davrida Xorazmning Oltin O‘rdaga qaram qismi Movarounnahrga qo‘shib olindi. Salohiddin Toshkandiyning aytishicha: shayx Xudoyquli, Bahouddin Naqshband va Amir Temur uchrashgan [14:81]. Bundan ko‘rinib turibdiki Amir Temur shayx Xudoyqulini yaxshi tanigan, uni Samarqandga taklif qilgan bo‘lishi mumkin.

“Langar ota” ziyoratgohida hoki yotgan shayxlarning ota-bobolari Shayx Xudoyqul, Shayx Muxammad, Shayx Ilyoslar qabri “Langar shayxlari tarixi” kitobida Ostonobobo ziyoratgohida ekanligi, bu ziyoratgoh Samarqand viloyatining Nurobod tumanida Ostonabobo qishlog‘ida joylashgan. Mazkur qishloq bir necha asrlardan buyon musulmonlar uchun muqaddas ziyoratgohlarga aylangan bo‘lib, bu yerda Ostonabobo maqbarasi va maqbara ichidagi qabrlar besh panja shaklida o‘rnatilgan [15].

B.Valixo‘jaev “Ostonabobo ziyoratgohi” nomli maqolasida Xoja Ahror Valiyga bag‘ishlangan “Silsilat-ul-Orifin” asarida Ilyos Shayx bilan bog‘liq bir parchani keltirgan: “Shayx Muhammad Keshiy Ilyos Shayxning shahriya bilan shug‘ullanishini ma’qullamagan va natijada ikki o‘rtada bahs paydo bo‘ladi, shundan so‘ng shayx Ilyosning muridlari Keshiyning o‘z muridlariga e’tiroz bildirganidan norozi bo‘libdilar. Bu voqeadan xabar topgan Xoja Ahror Keshiyga zarar yetmasin deya uni himoya qilmoqchi bo‘libdi. Ilyos Shayx esa Xoja Ahrorning bu ishidan ranjib, Movarounnahr podshohi Sulton Ahmad Mirzoning tog‘asi Darvesh Muhammad Tarxonga maktub yozibdi...” [16:83].

Bu ma’lumotlar Shayx Ilyosning o‘sha davrda Movarounnahr hukmdorlari oldida katta obro‘-e’tiborga ega ekanligini ko‘rsatib turibdi. Ostonabobo maqbarasida abadiy uyquda yotgan: Shayx Xudoyquli, o‘g‘li Shayx Muhammad va uning farzandi Shayx Ilyoslar o‘sha davrda islom dini rivojiga katta hissa qo‘shgan va o‘z bilim va xizmatlari bilan hukmdorlar oldida ham obro‘-e’tiborga ega bo‘lganligini ko‘rish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti ma’lumoti. – Toshkent shahri, 2019 yil 15 aprel.

Soatov A. Langar ota tabarruk ziyoratgoh yohud Idrok shamchirog‘i. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2010. – B. 7.

Mассон М.Е. Катта Лангяр в области средневекового Кеша // Археология Средней Азии. 7-том. Вып. 295. – Ташкент: Фан, 1966. – С. 66-67.

Madaniy meros departamenti arxivi. KD-7086 fond, L-ro‘yxat, 11-ish, 7-14 varaqlar; Массон М.Е. Катта Лангяр в области средневекового Кеша // Археология Средней Азии. 7-том. Вып.295. – Т.: Фан, 1966. – С. 66-105.

Soatov A. Langar ota tabarruk manzilgohi yohud Idrok Shamchirog‘i.  – Toshkent: Fan va texnologiya, 2010. – B.72.

Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi ma’lumoti. Qarshi shahri, 2019 yil 19 avgust.

Soatov A. Langar ota tabarruk manzilgohi yohud Idrok Shamchirog‘i. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2010. – B. 72.

O‘sha asar. – B. 78.

O‘sha asar. – B. 75-76.

G‘oziyev N. Tarixning tilsiz tilsimlari yohud Langar ota ziyoratgohi haqida // https://zamin.uz/madaniyat/72204

G‘ozi Raxmon. Langar ota tarixi. – Toshkent: Kurash jurnali, 2006. – B. 24.

Soatov A. Langar ota tabarruk manzilgohi yohud Idrok Shamchirog‘i. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2010. – B. 79.

Salohiddin Toshkandiy. Temurnoma. – Toshkent: Cho‘lpon, 1991. – B. 94.

O‘sha asar. – B. 81.

G‘oziyev N. Tarixning tilsiz tilsimlari yoxud Langar ota ziyoratgohi haqida // https://zamin.uz/madaniyat/72204

Salohiddin Toshkandiy. Temurnoma. – Toshkent: Cho‘lpon, 1991. – B. 83.