IS’HOQ BUVA ZIYORATGOHI (Mirishkor tumani)

IS’HOQ BUVA ZIYORATGOHI (Mirishkor tumani)

“Nor o‘ldi” hududi Pomuq qishlog‘idan g‘arbiy tomonga 70 km bo‘lgan masofada “Is’hoq buva” ziyoratgohi joylashgan [1]. Is’hoq buvaning kim bo‘lganligi haqida ma’lumotlar yo‘q. Xalq orasida Is’hoq buva tasavvuf vakili, haqqa yetishgan avliyo bo‘lib, u asli Eronning Isfahonidan ekanligi tilga olinadi. Shu bilan birga, jasadi ortilgan tuyaning Jayhun daryosidan o‘tib, Turon zaminining Pomuq cho‘llaridagi “Is’hoq buva” qadamjosi bilan bog‘liq makonga cho‘kkanligi haqida gaplar bor. Mahalliy aholi Is’hoq buvani haqqa yetishgan inson sifatida bilib, doimiy ziyoratga kelishgan. Turon zaminining Pomuq cho‘llaridagi hozirgi “Is’hoq buva” qadamjosi bilan mashhur makonga qo‘yganligi haqida gaplar bor [2:6-7].

Mazkur ziyoratgohning qurilish uslubi Temuriylar davriga oid, ammo uning qurilish davri noma’lum. Maqbara tuzilishi jihatidan Hazrati Bashir me’moriy yodgorligi bilan o‘xshash bo‘lib, uni XV asr oxiri – XVI asr boshiga tegishli deyish mumkin. Obida to‘rtburchak, tomi ikki pog‘onali taglamaga o‘rnatilgan, usti yassi va hashamli serqirra ko‘rinishga ega. Tomining ustida mo‘riga o‘xshatib qo‘yilgan gumbazcha bor. Maqbaraning  ichki tomoni shifti yog‘ochdan o‘yib ishlangan naqshlar bilan bezatilgan. Yodgorlik ichidagi to‘rt tomoniga ustun qo‘yilgan yog‘och sag‘ana esa me’morchilikning noyob usulidir [1].

Ziyoratgoh 1980 yillar oxirida mahalliy rahbarlardan bo‘lgan  Rustamov Nurmamat tomonidan hashar yo‘li bilan ta’mirlangan. Mustaqilligimizning dastlabki yillarida davlat tomonidan moddiy yodgorligimiz bo‘lgan ziyoratgohlarni asrab-avaylashga bo‘lgan e’tibor tufayli qayta ta’mirlanib, obod maskanga aylantirilgan [2:7].

Mahalliy aholining aytishicha, hozirgi Mirishkor tumani Pomuq cho‘lining Noro‘ldi hududida Is’hoq ota mo‘g‘ullar hujumi vaqtida shahid bo‘lgani uchun, u kishining qoni to‘kilgan joy ramziy ziyoratgohga aylantirilgan. Maqbara yonida XV asrlarga tegishli chillaxona ham bor.

Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, Is’hoq ota Pudinada faoliyat yuritgan Qusam Shayx (Qusam Muhammad) ning ukasi bo‘lgan [1].

Manbalarda keltirilishicha, Ahmad Yassaviyning Gavhari Shahnoz qizidan bo‘lgan Gavhari Xushtoj Buxorolik Husayn shayx Atoyi avlodlaridan, ya’ni Xonzoda Muhammad Hojaga  turmushga chiqqan. Ulardan Qusam Muhammad, Is’hoq Muhammad, Mansur Muhammad, Arslonxo‘ja, Hasanxo‘ja va Husaynxo‘jalar dunyoga kelgan. Yigirma yosh bo‘lgan Qusam Muhammad, o‘n sakkiz yosh Is’hoq Muhammad va o‘n olti yoshlik Mansur Muhammadlar bobosi Ahmad Yassaviy izidan borib, ilm olish uchun Makkayu Madinaga yo‘l oladi. Yigirma yil deganda ilm olib yurtiga qaytayotganida Balxda mo‘g‘ullar hujumini ko‘rib o‘z duolari bilan yog‘iyni mag‘lubiyatga uchratadi. Balx podshohi uch aka-ukadan bittangiz Balxda bizga soyabon, duokash avliyo bo‘lib qoling deb so‘raydi. Mansur Muhammad ilm tarqatish, aholini ma’naviy kamolotga yetkazish, to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun Balxda qoladi. Qusam Muhammad bilan Is’hoq Muhammad tuyalar bilan bir oy deganda Devdaraga yetadi. Is’hoq Muhammadni akasi shu yerda qoldirib, o‘zi Pudinaga yo‘l oladi. Is’hoq Muhammad o‘sha yerda yashab aholiga pirlik qiladi. Mo‘g‘ullar istilosi Devdaraga ham yetib boradi. Is’hoq Muhammad shahid bo‘ladi. Qusam Shayx ukasini o‘zi istiqomat qilayotgan joyga olib kelib dafn qildiradi [3:40-47].

Koson tumanining Pudina qishlog‘idagi Qusam Shayx nomi bilan bog‘liq arxitektura yodgorligi sovet davrida arxeolog olimlar tomonidan o‘rganilib, Qusam Shayx me’moriy yodgorligidagi eng qadimgi maqbaralarning X-XI asrlarda bunyod etilganligini aniqlashgan [4:30].

Me’moriy yodgorliklar ichida Is’hoq ota nomi bilan atalgan maqbara, unga yondosh bo‘lgan ikkinchi maqbara bo‘lib, XI-XIII asr boshlari bilan davrlashtiriladi [5:10-16]. Bu yodgorlik Markaziy Osiyo me’morchiligining eng qadimiy va noyob namunalaridan biridir. Yodgorlikning qurilish uslubi XIV asrga xos bo‘lib, temuriylar me’morchilik uslubini takrorlaydi.

Arxeolog olim L.Yu.Mankovskayaning keltirishicha, Qusam Shayx maqbarasi (XI-XII asrlar) joylashgan hovlining shimol tomonidagi maqbara ham ancha qiziqarli, u handaqsimon yo‘laklar orqali asosiy kompleks bilan tutashtirilgan. Bir rivoyatga ko‘ra, eng qadimgi sag‘analardan birida Is’hoq ota, boshqa rivoyatlarga ko‘ra – Sog‘otoyxon dafn etilgan deyiladi. Markazlashgan to‘rtburchakli bu maqbara peshtoqi juda sodda. O‘rta Osiyodagi eng qadimgi yodgorliklardan biri hisoblangan bu maqbara X asrning oxirida qurilgan bo‘lishi mumkin. U bilan janubiy kompleksning ziyoratxonaga o‘xshash maqbarasi birlashtirilgan. Bunda devorlariga chiroqlar qo‘yiladigan uch qavatli tokchalar bor. Uning devorlari XIV asr o‘rtalaridagi sag‘ana g‘ishtlarning parchalari bilan qoplanib shuvalgan. Bu ham ko‘hna obidalardan bo‘lib, tarixiy-arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, uning qurilgan vaqti XI asrning oxiri – XIV asrning boshlariga to‘g‘ri keladi [6:77].

1990-1995 yillarda Qusam Shayx majmuasi qaytadan ta’mirlanib, masjid oldidagi Sevinch ota, Mansur Muhammad hamda Is’hoq ota maqbaralariga yo‘lakchalar qurilgan.

Qadimda Is’hoq ota ziyoratgohi hududidan Buyuk Ipak Yo‘li o‘tgan bo‘lib, yo‘l Amudaryoning Kelif kechuviga tutashgan. Bu yo‘l Balx, Iroq, Shom, Makkayu Madinaga olib borgan. Bir vaqtlar Nor o‘ldi hududidagi hozirda “O‘rta buloq” deb nomlangan joydan hozirgacha buloq suvi oqib turadi.

Bir zamonlar mavj urib turgan ulkan suv havzasi o‘rnida esa hozirgi kunlarga kelib osh tuzidan iborat ko‘l paydo bo‘lgan. Bu ko‘l va buloq Is’hoq ota ziyoratgohidan bor-yo‘g‘i uch-to‘rt kilometr masofada joylashgan. Ziyoratgoh esa Pomuq cho‘lining eng baland nuqtasida o‘rnashgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

Dala tadqiqotlari. Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Pomuq cho‘li, Is’hoq ota ziyoratgohi. 2024 yil 13 iyul.

Sharipov Sh., Xoliyorov I. Is’hoq buva ziyoratgohi. – T.: Voris nashriyot, 2016.

Ashurova Sh., Ahmedova Q. Qusam Shayx. – Qarshi: Nasaf, 2005.

Абдурасулов Р.Р., Ремпель Р.И. Неизвестные  памятники  архитектуры бассейна Кашкадарьи. (Искусство зодчих Узбекистана). – 1962, Вып. 1.

Madaniy meros agentligi arxivi. KD-9112 fond, I-ro‘yxat, 97-ish, 10-16 varaqlar.

Mankovskaya L.Yu. Qashqadaryo vohasining arxitektura yodgorliklari (Yo‘l ko‘rsatkich). – Toshkent: O‘zbekiston, 1979.