DOR US-SAODAT MAJMUASI (Shahrisabz)

DOR US-SAODAT MAJMUASI (Shahrisabz)

O‘zMU professori v.b., t.f.d. (DSc)

Hamidova M.S.

Dor us-saodat me’moriy majmui 1389-1400 yillarda barpo etilgan Hazrati Imom va Amir Temurning katta o‘g‘li hamda valiahdi (1386 yilda vafot etgan) Jahongir Mirzo maqbaralaridan tarkib topgan. Klavixo Kesh shahri inshootlari haqida so‘z yuritganda bu haqda ham ma’lumotlar berib o‘tgan. Ya’ni “... Boshqa bir dahmani Temurbek o‘ziga atab qurishga buyruq bergan va u ham hali bitkazilmagan edi. Aytishlaricha, u bir oy ilgari bu yerga kelgan, dahmadan ko‘ngli to‘lmagan, (unga) kirish o‘rni pastligini aytgan va buzib qayta qurishga buyruq bergan... Bu masjidda, Temurbekning Yangir (Jahongir) ismli to‘ng‘ich o‘g‘li ham dafn etilgan. Mazkur masjid va dahma nihoyatda hashamatli va oltin, lojuvard va rangin koshinlar bilan bezatilgan...”. Me’moriy majmua tarkibiga, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, ikkita maqbara, xonaqoh va bir nechta xizmat xonalari, hujralar kiradi. Majmuaning old tomonida chuqur ravoqli baland peshtoq mavjud. Majmuaning shimoliy tarafida joylashgan Jahongir Mirzo maqbarasining o‘ziga xos o‘n olti qobirg‘ali kulohiy gumbazi konus shakliga ega.

Bu Xorazm me’morchilik maktabiga xos an’analardan bo‘lib, uning qurilishida xorazmlik me’morlar ishtirok etganidan dalolat beradi. Maqbara va undan deyarli 40 m narida joylashgan yer osti sag‘anasi o‘z davrida hashamatli hamda ulkan Dor us-saodat majmuasining tarkibiy qismlari bo‘lgan. 1392 yilda qurib bitkazilgan Jahongir Mirzo maqbarasining aksariyat qismi serjilo naqshlar bilan bezatilgan. Murakkab kompozitsiyaga ega Dor us-saodat me’moriy majmuasi 70x50 m o‘lchamli yirik inshoot bo‘lib, asosiy g‘arbiy fasadining peshtoqi 20 metr. U orqali to‘rtburchak shakldagi (tarhi 20x20 m) markaziy zal – xonaqohga kiriladi. Uning burchaklarida yo‘laklar mavjud bo‘lib, yon xonalarga olib boradi. G‘arbiy va shimoliy fasad burchagida aylana shaklidagi minora (diametri 2,7 m) mavjud. Uning to‘rtdan uch qismi devordan tashqariga chiqib turadi. Jahongir Mirzo maqbarasiga Amir Temur tomonidan Hazrati Imom hoki ko‘chirib kelingan. Shu sabab Dor us-saodat majmuasi Hazrati Imom nomi bilan ham ataladi [1:105]. Me’moriy majmua inshootlari ajoyib g‘ishtin koshinlar bilan girih uslubida bezatilgan. Girih uslubidagi bezaklar orasida Qur’on oyatlaridan iborat yozuvlar ham mavjud. Bu yodgorlik gumbazi asosan zangori va moviy sopol parchalari bilan bezatilgan. Yodgorlikning ichki bezaklari o‘ymakor marmar va ganch muqarnaslardan iborat bo‘lgan. Mazkur me’moriy majmuada Jahongir maqbarasidan tashqari masjid ham bo‘lgan. Yodgorlik majmuida Amir Temur naslidan bo‘lgan amaldorlar hamda zamonasining ulug‘ zotlari dafn etilgan [2:32].

Shahrisabzdagi “Dor us-saodat” arxeologik yodgorligi (XIV asr) “Dor ut-tilovat” bilan bir ansamblni tashkil etgan [3:66-67]. Temuriylar davri arxitekturasini o‘rgangan olim L.Yu.Mankovskaya “Dor us-saodat”ni “Davlatmandlar uyi”, deb atagan [4:27]. Shahrisabzdagi “Dor us-saodat” (Sayyidlar uyi) maqbarasida Amir Temurning to‘ng‘ich o‘g‘li, valiahd shahzoda Jahongir Mirzo (1356-1376) dafn etilgan. Amir Temur 1378-1380 yillarda Jahongir Mirzoning qabri ustiga maqbara barpo etgan. Shu yerda u o‘zi uchun ham yer osti dahmasini qurdirgan [5:208]. Tarixiy manbalarda, bu “Dor us-saodat” deb nomlanib, xalq orasida “Hazrati Imom” nomi bilan ham ataladi [6:22; 6:139-141].

“Dor us-saodat” majmuasining qurilishi Xorazm me’moriy uslubida yaratilgan. San’atshunos olima G.A.Pugachenkova Temuriylar davrida qurilgan maqbaralarni o‘rta asr me’morchiligining eng ajoyib namunasi, deb ataydi va buni Temuriylar davri erkaklar dafn etiladigan maqbara namunasiga kiritadi [7:34-35; 7:22-34; 7:292].

“Dor us-saodat” tarxi Ahmad Yassaviy majmuasiga o‘xshab ketadi. Kirish yo‘li xudoyixonaga, undan so‘ng Amir Temurga mo‘ljallangan yer osti sag‘anasiga olib boradi. Maqbara ichkarisi murabba (tomonlari teng to‘g‘ri to‘rtburchak) tarxli, yuzi rovoqlar, ichi va gumbaz osti bag‘allari muqarnas bilan to‘ldirilgan. Tashqaridagi 16 qirrali poygumbaz ustiga baland kulohiy gumbaz o‘rnatilgan. Janubi-g‘arbiy burchagida minora saqlangan. “Dor us-saodat” eng ulkan bino bo‘lib, balandligi 70 metr, eni esa 50 metr. Jahongir Mirzo maqbarasining balandligi 25 metr, eni 15 metr, Amir Temur go‘rxonasi 5×5 metr, masjidi esa, bo‘yi 35 metr, eni 20 metr. Barchasi bir-biriga taqab qurilib, hashamatli ko‘rinishdan iborat.

XIX asr o‘rtalarida maqbara yoniga sinchkorli katta ayvon, hujralar va gumbazli xonaqoh-jome’ masjidi barpo etilgan. Masjid qurilishi vaqtida Amir Temurning yer osti go‘rxonasining qubbasi ochilgan [8].

Amir Temur va Temuriylar tarixi bilan bog‘liq yodgorliklar hozirgi kunda nafaqat mahalliy, balki xalqaro miqyosida ziyorat ob’ektlari sifatida foydalanilib kelinadi. 1996 yilda Amir Temur yubileyining xalqaro miqyosida o‘tkazilishi munosabati bilan Shahrisabz shahridagi Temuriylar davri yodgorliklarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa, 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademisi Arxeologiya instituti va Amir Temur moddiy madaniyat tarixi muzeyi ilmiy xodimlari hamkorligida olib borilgan arxeologik qazishma ishlarida Dor us-Saodat maqbarasi hududidan hammom supa toshlari topilgan [9]. Mazkur yodgorlik to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlarga ega, arxiv hujjatlari, yozma manbalardagi ma’lumotlar hamda dala tadqiqotlari asosida nashr etilgan ilmiy ishlarda yodgorlikning mustaqillik yillarida ta’mirlanishiga doir ma’lumotlar o‘z aksini topgan [10].

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

A. Sagdullayev va boshqalar. Qadimgi Kesh-Shahrisabz tarixidan lavhalar. – T., 1998. – B. 105.

Mankovskaya L.Yu. Qashqadaryo vohasining arxitektura yodgorliklari (Yo‘l ko‘rsatkich). – Toshkent: O‘zbekiston, 1979. – B. 32.

Ртвеладзе Э.В., Сагдуллаев А.С. Памятники минувших веков.  − Ташкент: Узбекистан, 1986. − С. 66-67.

Mankovskaya L.Yu. Qashqadaryo vohasining arxitektura yodgorliklari (Yo‘l ko‘rsatkich). – Toshkent: O‘zbekiston, 1979. − Б. 27.

Пугаченкова Г.А. Термез. Шахрисябз. Хива: Художественные памятники I-XIX веков. − М.: Искусство, 1976. − С. 208.

Pugachenkova G.A. Temurning me’moriy merosi. Архитектурное наследие Темура. LʹHéritage architectural de Timour. − Toshkent: Главная редакция энциклопедий, 1996. − С. 22.; Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. Выдающиеся памятники архитектуры Узбекистана. − Ташкент: Государственное издательство художественной литературы УзССР, 1958. − С. 139-141.

Средняя Азия. Справочник – путеводитель. Сост. Г.А.Пугаченкова. – Москва: Исскусство, 1983. − С. 34-35.; Pugachenkova G.A. Temurning me’moriy merosi. Архитектурное наследие Темура. LʹHéritage architectural de Timour. − Toshkent: Главная редакция энциклопедий, 1996.− С. 22-34.; Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. Выдающиеся памятники архитектуры Узбекистана. − Ташкент: Государственное изд. худож. лит. Узбекистана, 1958. – С. 292.

Madaniy meros departamenti arxivi. KD-7086 fond, L-ro‘yxat, 11-ish, 18-varaq.

O‘zMA, M-38 jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 234-ish, 7-varaq.

Hamidova M.S. Amir Temur va Temuriylar davri me’moriy yodgorliklarining o‘rganilishi. – Toshkent, 2021.