GUMBAZI SAYYIDON MAQBARASI (Shahrisabz shahri)

GUMBAZI SAYYIDON MAQBARASI (Shahrisabz shahri)

Kesh shahri haqida manbalarda Kash (Kesh) “Shahrisabz” ya’ni yilning aksar faslida ko‘m-ko‘k (maysazor)  bo‘lganligi, ayniqsa bahor faslida hovli, tom va ko‘chalari yam-yashil bo‘lishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Arab manbalarida: “Kesh” (Shahrisabz) qadimdan obod shahar bo‘lib, u ko‘handis, hisna, va rabotdan tashkil topganligi, shahar Madina rabot bilan tutashib ketganligi, shaharning barcha imoratlari loy va yog‘ochdan qurilganligi aytiladi [1:65-66].

Tarixchi olim Omonullo Bo‘riyev o‘zining “Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo” nomli kitobida Kesh va uning tarixiy binolari haqida ma’lumot berib, shunday ta’riflaydi: “Sohibqiron Amir Temur davlati ayyomida Kesh juda obod bo‘ldi; u yerda toshdan binolar qurdilar. Shu jumladan, “Dor-us-Siyodat”, “Dor-us-Tilovat” muhtasham bino unga obod yerlar, qishloqlar va ma’mur mulklarni vaqf qildi. Shaxsan Onhazratning o‘zi uchun baland ko‘shk qurdilar va u “Oqsaroy” deb ataladi, toshdan qurilgan imoratdir; uning ayvoni (peshtoqi) bir necha farsang (masofadan) ko‘zga tashlanadi. Bulardan tashqari shaharda va Kesh shahriga qarashli atroflarida bir qismi Onhazratning o‘ziga, ba’zilari amirlar va arkoni davlatga tegishli bo‘lgan madrasalar, xonaqohlar, rabotlar, hovuzlar ham bunyod etilgan” [2:47; 3:84-85].

Manbalarda ta’riflanganidek, Termiz sayyidlari bilan bog‘liq Gumbazi Sayyidon (Sayyidlar Gumbazi maqbarasi, XV asr) [4:144] “Dor ut-tilovat” ansamblining bir qismini tashkil etadi [5:16-17]. Gumbazi Sayyidon me’moriy yodgorligi 1437-1438 yillarda Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurilgan bo‘lib, u buni “Ulug‘bek oilaviy xilxonasi” sifatida bunyod etgan [6:139-141]. Shahrisabzda qurdirilgan binolar, asosan, dahmalardan iborat. Gumbazi Sayyidon maqbarasi chortoq tarxli (tashqi o‘lchami 9×9, ichki tomoni 5,75×5,75), poygumbazi sakkiz qirrali (prizmasimon) gumbaz bilan qoplangan. Maqbara ichki devorlaridagi ravoqlar ikki qator bo‘lib, ustidagi burchaklarda tuynuk va keng tokchalar mavjud. Binoning ichida XV-XVIII asrlarda qo‘shni qabristondan keltirilgan bir necha o‘zga sag‘analar bor. Ularning yozuvlarida Termiz sayyidlarning nomi eslatiladi [7:73-75].

Gumbazi Sayyidon va Shamsiddin Kulol maqbaralarini Shahrisabz ulkan xilxonasining o‘ziga xos “diniy-mafkuraviy markazi” deb hisoblash mumkin. Termiz sayyidlarining Amir Temur va uning xonadoni bilan ham bog‘liqlik jihati bo‘lgan. Sohibqironning pirlari Shayx Sayyid Baraka va Sayyid Shamsiddin Amir Kulol nomi bilan bog‘langan bo‘lsa, Temur avlodlarining Termiz sayyidlari avlodlari bilan quda-anda bo‘lishi orqali Qashqadaryoda ham Termiz sayyidlari avlodlarining vakillari vujudga kelgan. “Gumbazi Sayyidon” ularning oilaviy maqbarasiga aylangan [8:28-29]. Ba’zi manbalarga ko‘ra, Amir Temur qizi Sultonbaxtbegimni Termiz sayyidlaridan bo‘lgan Hasanga nikohlagan va Qashqadaryo vohasining ma’lum bir qism yerlarni sovg‘a tariqasida bergan. Sayyid Hasan u joyda o‘z langarini (sufiylarning makoni) qurgan.

Mazkur yodgorlikni topish, ro‘yxatga olish, saqlash va ta’mirlash ishlari   bilan shug‘ullanish ishi 1923-1970 yillarda Qashqadaryo hududida olib borilgan arxeologik ekspeditsiyalar sifatida boshlangan. Jumladan, 1925 yildan akademik V.V.Bartold va arxeolog V.L.Vyatkin tomonidan Shahrisabz tarixiy yodgorliklarini o‘rganish boshlangan [9:64-70] va Sredazkomstaris tashkiloti Shahrisabzdagi Oqsaroy obidasi, Imom Zoda maqbarasi, Gumbazi Sayyidon mozori, Shamsiddin mozori, Ko‘k Gumbaz masjidi, Qarshi shahridagi Abdullaxon masjid va madrasasi, Namozgoh masjidi, Zahoki maron va Shulluktepa yodgorliklari ro‘yxatga olingan [10:20-21].

O‘zbekistonda Mirzo Ulug‘bek yubileyining o‘tkazilish munosabati bilan 1993 yil 1 oktabrda yubiley ob’ektlarini ta’mirlash maqsadida Shahrisabz shahridagi yodgorliklarni o‘rganishga doir ekspeditsiya uyushtirildi va moddiy mablag‘ ajratildi. Xususan, Shahrisabz shahri tarixiy arxitektura yodgorliklari uchun ajratilgan mablag‘ 106,4 mln. so‘mni tashkil etgan [11:6]. Ushbu mablag‘ Shamsiddin Kulol maqbarasi, Ko‘k Gumbaz masjidi, Dor ut-tilovat va Gumbazi Sayyidon maqbaralari ta’miriga sarflangan.

Shuni ta’kidlash lozimki, o‘rta asrlarda qurilgan bunday arxitektura yodgorliklarining bezak ishlari, rangi, mozaikasi va oxori hozirgi kunga qadar saqlanib qolmoqda. Bu esa shu davr quruvchi va me’morlarining mahorati hamda tabiat bilan uyg‘unlikda san’at asari yaratganligini ko‘rsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

Ibn Havqal. Kitob surat al-arz. – Toshkent: Movarounnahr, 2011.

Raximjonov D.O. Abu Havs Nasafiy va uning “Kitob al-qand” asari.  – Toshkent: Innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa uyi, 2020.

Bo‘riyev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo. – Toshkent: O‘zbekiston, 1997.

Ртвеладзе Л.Л., Ртвеладзе Э.В. Мусульманские святыни Узбекистана. – Ташкент, 2020.

Кадырова Т.Ф. Архитектура Советского Узбекистана. – Москва: Стройиздат, 1987.

Пугаченкова Г.А., Ремпел Л.И. Выдающиеся памятники архитектуры Узбекистана. – Ташкент: Гос. изд. худ. лит. УзССР, 1958.

Madaniy meros agentligi arxivi. KD-7086 fond, L-ro‘yxat, 11-st, 73- 75-varaqlar.

Tursunov S. Termiziy buyuk siymolar. – Toshkent: Sharq, 2002.

O‘zMA, f. 394-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 190-ish, 64-70-varaqlar.

O‘zMA, f. 394-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 252-ish, 20-21-varaqlar.

O‘zMA, M-7 jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 61-ish, b-varaq.

Galereya