O‘zbekiston o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, Respublika hududida joylashgan barcha tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlar topish va ularning qurilish, tarixini o‘rganish, qayta rekonstruksiya ishlarini olib borish va bundan tashqari ushbu maskanlarni aholining madaniy, ijtimoiy hayotida tutgan o‘rnini o‘rganishga jiddiy e’tibor qaratildi. Jahonda ko‘plab xalqlar davlatlar, xusuan, Vatanimiz siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti tarixiga bag‘ishlangan bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda butun Respublika bo‘ylab joylashgan tarixiy ziyoratgohlar, ayniqsa Qashqadaryo vohasidagi shu turdagi manzilgohlarni topib o‘rganish kesimida xolis yondashishdagi muommolar o‘z yechimini kutmoqda. Istiqlol yillarida bir guruh tarixchi olimlar tomonidan Respublika hududidagi ziyoratgohlar tarixini har bir davrini xolislik bilan va tarixiy izchillik asosida yoritish asosiy vazifalardan biri etib belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi turizm taraqqiyotining zamonaviy bosqichida turizmni yanada rivojlantirish va xorijiy sayyohlar oqimini kengaytirishga doir mavjud muommolarni tizimli hal etishga ehtiyoj borligini ko‘rsatdi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida boy tarixni, uning betakror madaniyati va milliy qadryatlarini keng targ‘ib etish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish, insonlarrning o‘z davlati hududida joylashgan muborakbod maskanlarni asrab-avaylash va millatiga bo‘lgan muhabbati haqiqiy qadriyat sifatida mustahkamlanishi kabi muhim vazifalarni kuchaytirishni taqazo etadi. Yuqoridan kelib chiqqan holda XIV asrning ikkinchi yarmi va mustaqillik yillarida Qashqadaryo vohasi hududida joylashgan tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, mozor va qabristonlar holatini tarixiy nuqtai nazaridan tahlil qilish dolzarb masalalardan hisoblanadi.