O‘zbekiston xalqi milliy istiqlolga erishganidan so‘ng, Vatanimiz hayotining barcha jabhalarida yangilanish va poklanish jarayoni yuz berdi. Tarixiy, milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida ulkan ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Xususan, ko‘p ming yillik tariximiz, madaniy qadriyatlarimiz hamda ma’naviy merosimiz haqqoniy tarzda o‘rganilib, o‘z o‘rnini topib bormoqda. O‘zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgandan keyin tariximizni, ayniqsa, o‘ta soxtalashtirib talqin etilgan sovet davri tarixini, xususan, arxeologik tadqiqotlar tarixini mafkuraviy qarashlardan xoli tarzda o‘rganish zaruriyati tug‘ildi. O‘zbekiston Jahon turizm tashkilotiga a’zo bo‘lgach, dunyo sayyohlari mamlakatimizni kashf etib, intila boshladi. So‘nggi 30 yil ichida sayyohlik sohasining yo‘lga qo‘yilishi, shaharlarimizning xalqaro tashkilotlar tomonidan turizm, madaniy poytaxtlar deb e’lon qilinishi va ularning tarixiy ahamiyati hamda tizimdagi yutuq va muammolarni o`rganish, tahlil etish dolzarb ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston arxeologik obyektlari bilan arxeologik turizm sayyohlarini o‘ziga jalb etmoqda. Xususan, janubiy vohalarning muhim obyekti bo`lgan Sopolli madaniyati arxeologik jihatdan eng yaxshi o'rganilgan madaniyatlar qatoriga kiradi. U Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining mahalliy varianti bo'lib, Janubiy Afg'onistondagi Dashli, Janubiy Turkmaniston hududida tarqalgan Nomozgoh madaniyati bilan yagona tarixiy madaniy birlikda bo'lgan va arxeologiya fanida - Oks sivilizatsiyasi, Turon sivilizatsiyasi ѐki - BaqtriyaMarg'iѐna arxeologik majmuasi (keyingi o'rinlarda-BMAK) kabi umumiy nomlar bilan atalmoqda.Shu nuqtai nazaradan Surxondaryo vohasi Baqtriya, Kushon kabi tarixiy davlatlar, Oltinsoy, Sangardak, Bobotog' kabi go'zal tabiati jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri ekanligi, bu hududlarda qadim zamonlardan boshlab yuksak taraqqiyot mavjud bo'lgan.