MAYDANAK EKOTURIZM OB’EKTI (Qamashi tumani)

MAYDANAK EKOTURIZM OB’EKTI  (Qamashi tumani)

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida Hisor tog‘ tizmasiga kiruvchi Maydanak tog‘ning eng yuqori cho‘qqisida Maydanak ekoturizm hududi joylashgan. Maydanak tog‘i iqlimi qishda iliq, yozda salqin, musaffo hushmanzara, betakror tabiatga ega. Tog‘ning yuqori qismida Chit, Qo‘g‘a, Tolli, Ters qishloqlari joylashgan bo‘lib, u yerdan qadimda karvon yo‘li o‘tgan.

Maydanak ekoturizm ob’ekti Katta O‘ra daryosi bo‘yida, Xonimqashqa, To‘qimat, Chit, Mangchuqur, Xontaxti, Choltosh, Qarqara nomli qirlar bag‘rida, archazorlar gurkirab yotgan juda chiroyli hududni tashkil etadi. Mahalliy aholi asosan dehqonchilik, chorvachilik, bog‘dorchilik bilan mashg‘ul. Yoz faslining iyul oyida Maydanak ekoturizm hududi ko‘plab dam oluvchilar bilan gavjum bo‘ladi. Bu yerda asosan o‘tovlar tikilgan bo‘lib, sayohatchilarga shart-sharoitlar yaratilgan. Yoz oylarida ham kechasi tog‘ havosi ancha salqin. Asosan, Maydanak ekoturizm hududiga viloyat aholisi oilaviy dam olish uchun borishadi.