KO‘K-GUMBAZ JOME MASJIDI (Qarshi shahri, XVl asr).

KO‘K-GUMBAZ JOME MASJIDI (Qarshi shahri, XVl asr).

Ko‘k-gumbaz jome’ masjidi Qarshi shahridagi qadimiy Qarshi qo‘rg‘onining markazida joylashgan [1].  Bu masjid 1590-1591 yillarda Shayboniylardan bo‘lgan Abdullaxon II davrida qurilgan.

1860, 1889 va 1921 yillarda masjidda ta’mirlash va qayta ta’mirlash ishlari olib borilgan. 1853 yilda Ko‘k-gumbaz masjidi juma nomozlarini o‘qish uchun faoliyat ko‘rsata boshlagan. 1920 yillar oxirida esa Sredazkomustaris a’zosi V.A.Shishkin O‘zSSR Markaziy Ijro Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Sovetining 1927 yil 6 oktabrdagi 128-son qaroriga ko‘ra o‘rganish ishlarini olib borib, asosiy kirish eshigi ustidagi 1590-1591 yillarda Abdulloxon II tomonidan qurilgan degan tarixiy yozuvni o‘qishga muvaffaq bo‘lgan [2:2-3].

Ko‘k-Gumbaz masjidida 1940 yilda O‘zbekiston san’atshunoslik ilmiy tadqiqot institutining arxitektorlari V.L.Voronina va G.I.Gaganovalar birinchi o‘lchovini amalga oshirgan. Qarshi Nomozgohida 1950 yilda V.L.Voroninaning “O‘rta Osiyoning noma’lum yodgorliklari” kitobida Qarshi Ko‘k-gumbaz masjidining qisqa, ammo ta’sirchan ko‘rinishda tasvirlangan [3:84,93,96].

1942 yilda yosh sharqshunos N.V.Xanikov va K.F.Butenovlar Qarshiga tashrif buyurib, Ko‘k-gumbaz masjidini o‘rgangan. N.V.Xanikovning ta’kidlashicha, masjid shahardan yarim chaqirim janubda joylashgan bo‘lib, uning asosiy gumbazi ko‘k rangli koshin bilan qoplangan. Masjidda har yili Ramazon va Qurbon Hayiti bayrami o‘tkaziladigan keng bog‘ bo‘lgan [4:110].  Shuning uchun bunday masjidlar Nomozgoh yoki Musallo deb atalgan.

1960 yillarda G.A.Pugachenkova va L.I.Rempel ham Qarshi Nomozgohi haqida o‘z maqolalarida ma’lumot berib, “Qarshi Ko‘k-gumbazi shahar ichidagi sobor masjidi” - deb baho bergan [5:332].

Odatda jome’ masjidlarining devor yoki binolar bilan o‘ralgan hovlisi  bo‘lgan, Nomozgohlar esa ochiq keng maydonda mehrob devori bilan qiblaga qaratilgan yagona binodan tashkil topgan. “Ko‘k-gumbaz” namozgohi ana shunday namozgohlardandir. Namozgoh binosi gumbaz tomli asosiy bosh xona xonaqoh hamda uning ikki yonidagi chap va o‘ng qismlardan iborat. Tarxi to‘g‘ri burchak shaklida bo‘lib, uzunligi 38, 25 metrga teng. Qisqa tomonlarini o‘lchamlari bir xil emas: biri 14 metr bo‘lsa, ikkinchisi esa 14,6 metrga teng. Asosiy xonaning tarxi 8 m.-li kvadrat, u yon devorlariga ishlangan ravoqli yo‘lak bilan qanot qismlariga bog‘langan. Qanot qismlarining har biri ikki qator bo‘lib tushgan to‘rt xonadan iborat. Xonalar tepasi gumbazlar bilan yopilgan. Binoning fasadi va yon tomonlarini tashkil qilgan xonalarning oldi o‘z vaqtida ayvon singari ochiq bo‘lgan. Hozir ularga g‘isht terilib yon tomondagilarning butunlay yopilganligini, fasadlarining esa qisman toraytirilganligini ko‘ramiz. Xonalar o‘z navbatida bir-biriga ravoqli bo‘shliqlari orqali ochiladigan qilib qurilgan. Asosiy xonaning qibla tomonidagi devorida mehrob, yonida esa pog‘onali minbar joylashgan. Mehrob ichida ancha chuqur ishlangani uchun bino orqasida devor bir oz kengaygan. U Xonaqoh o‘rtasidan chetroqqa surilgan holatda joylashgan [6:7].

Balandligi 14 metrga teng xonaqohning tepasi qanoslarga qo‘ndirilgan ichki gumbaz bilan yopilgan, tashqi gumbazdan esa faqat pastki aylana devorgina saqlangan. Xonaqohning qibla tomoni devorida mehrobni o‘rab olgan katta ravoq ichkarisi qalqonsimon mayda bag‘alli yarim gumbaz shaklida. Yon qanot xonalarning gumbazlari sferik ko‘rinishdagi ganchkor bag‘al shaklida ishlangan.

Bino asosan 26x26x5 va 28x28x6 santimetrli pishiq g‘isht bilan qurilgan, lekin peshtoqning qalin devorlari ichini to‘ldirish hamda harsangtoshli poydevorlarning tagini tekislash uchun g‘isht parchalari ishlatilganligi ham aniq. Poydevorlar nisbatan uncha chuqur emas 0,7-1,1 metrga teng, qalinligi ham devorlar qalinligiga teng, unda tuproq bilan to‘ldirilgan joylari ham uchraydi. Peshtoq devorlari nisbatan ancha chuqur ishlangan bo‘lsada, qalinligi devorlardan farq qilmaydi [6:8]. Biroq, binoni mustahkamlash choralari ham ko‘rilgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, O‘rta Osiyoda XII-XVI asrlardan bizgacha yetib kelgan namozgohlar soni juda kam. Shuning uchun Ko‘k-gumbaz jome’ masjidi noyob me’moriy yodgorlik sifatida qadrlidir. 1967 yilda masjid gumbazi Shahrisabzlik Hamdam usta tomonidan tiklangan. 1982 yilda Samarqandlik usta – naqqosh Nusratilla Asadov tomonidan ko‘k sirli koshin bilan “Mulk” surasidan oyatlar nozik did bilan yozildi va gumbaz tepasiga oltin rangli qubba o‘rnatildi [7]. 1996 yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan “Ko‘k-gumbaz” jome’ masjidida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.  2006 yilda “Ko‘k-gumbaz” me’moriy majmuasi qayta ta’mirlanib, hozirgi ko‘rinishiga keltirildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Dala tadqiqotlari. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri. 2024 yil 7 avgust.

Madaniy meros agentligi arxivi. KD-2958 fond, K-ro‘yxat, 75-ish, 2-3-varaqlar.

Воронина В.Л. Неизвестные памятники Средней Азии. Материалы по истории и теории архитектуры Узбекистана, 1950. – С. 84,93,96.

Хаников Н.В. Описание Бухарского ханства. – СПб, 1843. – С. 110.

Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. История искусстве Узбекистана с древнейших времен до девятнадцатого века. – Ташкент, 1965. – С. 332.

Ismoil Hoji Rayhonov. Ko‘kgumbaz jome’ masjidi tarixi. – Qarshi: Nasaf, 2007. – B.7.

https://masjid.uz/qashqadaryo/kuk-gumbaz