Bitiruv ishida O’zbekiston ichki turizmining rivoji, bosib o’tayotgan yo’li . Amalga oshirilayotgan rejalar hamda ularda PR (public relation) texnologiyalari natijalarini tahlil qilish. Jamoatchilikning ichki turizmga nisbatan munosabatini talab va takliflarini o’rganish. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi xorijiy mamlakatlarga nisbatan turistik salohiyatining o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turishi, hamda ichki turizmda PRning qay darajada yaxshi yo’lga qo’yilgani haqida o’rganishlar,turizm masalasi jumladan ichki turizm rivoji haqida kuzatish va izlanish davomida tushunildiki,sohadagi mavjud muammolarning yechimi bilan bir qatorda ichki turizmda PR texnologiyalaridan foydalanish ko’lamini kengaytirish bugungi kunda dolzarbligicha qolmoqda. Shu bois o’z bitiruv malakaviy ishimni “O’zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishda PR texnologiyasi ’’ mavzusida olib borishga qaror qildim. Sababi, PR marketing ichki turizm nafaqat ichki turizm butun mamlakat rivoji uchun, xalqimiz farovon yashashligi, mamlakatimizning har qarich yerining muqaddasligi, go’shamizning o’zgacha tabiatini mohirona ko’rsata bilish sa’natidir.Bugungi kunga qadar mamlakatimizda turizmni rivojlantirish uchun bir qancha chora tadbirlar amalga oshirilgan,oshirilmoqda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.04.2022-yildagi PQ-232-sonli “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135- sonli “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi’’ qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-Son “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida ’’farmonidanko’rinib turibtiki,mamlakatimiz rahbari bu sohani yanada rivojlantirishni maqsad qilgan. Biz yoshlar bu borada o’z hissamizni qo’shishda o’z kasbimiz doirasida qo’ldan kelgancha harakat qilamiz.