Ushbu monografiya XIV asr oxiri–XV asrlarda Temuriylar hukmronligi davrida Movarounnahrning markaziy hududlarida shaharsozlik va me'morchilikning rivojlantirilishi, ushbu davrning o‘ziga xos qurilish hamda me’moriy an’analari tarixini yoritishga bag‘ishlangan. Monografiyada Temuriylar davri me’moriy yodgorliklarining o‘rganilish tarixi, mavzu manbashunosligi va tarixshunosligi hamda mazkur davr me’moriy an’analarining O‘zbekiston milliy me'morchiligi taraqqiyotida tutgan o‘rni masalalarini yoritib berishga alohida e’tibor qaratilgan. Monografiya Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti qoshidagi AL-662205481-raqamli "Qashqadaryo vohasi tarixiy va madaniy yodgorliklari, ekoturizmiga oid ziyoratgohlarning i-turizm platformasini ishlab chiqish" mavzusidagi amaliy loyiha doirasida nashr etildi.