So`ngi yillarda O`zbekiston respublikasida turizm sohasi mustaqil tarmoq sifatida rivojlanib bormoqda. Turizm jahon iqtisodiyotining yetakchi va eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. Mavzuning dolzarbligi shundaki, turizm bugungi kunda iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo`shayotgan eng katta biznes va xizmat ko`rsatish tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Jahon sayyohlik tashkiloti prognoziga ko`ra XXI asrda turizm industriyasining o`sishi qaytarilib bo`lmaydigan darajada bo`ladi. Buning uchun marketingning roli ahamiyatlidir. Nafaqat turizm sohasida balki sanoat va biznesning barcha jabhalarida marketing tadqiqotlaridan to`g`ri foydalana olish juda muhim hisoblanadi.